Jeko Italiya terma jamoasi haqida: "Ularda endi Totti va Del Pero kabi o'yinchilar yo'q"

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi sardori Edin Jeko Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kechadigan hal qiluvchi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi. Bosniyaliklar o'z uylarida ketma-ket ikkita Jahon chempionatini o'tkazib yuborgan Italiya terma jamoasini qabul qilishadi.
"Men Italiya futbolini yaxshi bilaman va uni yaxshi ko'raman. U erga juda tez moslashib ketgandim. Ammo hozir ularda endi Totti va Del Pero kabi futbolchilar yo'q. Avvalgidek yuqori sifat darajasi qolmagan", — deya Jekoning so'zlarini keltiradi UEFA rasmiy sayti.
Eslatib o'tamiz, o'tish o'yinlarining avvalgi bosqichida bosniyaliklar Uels to'sig'idan penaltilar seriyasida o'tishgan (asosiy va qo'shimcha vaqtda 1:1), Italiya esa Shimoliy Irlandiyani (2:0) mag'lub etgan edi.