Jeko bu hafta tibbiy ko'rik jarayonlarini yakunlaydi

Hujumchi Edin Jeko yana Germaniyada o'ynaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarda nufuzli insayder Fabritsio Romanoning xabar berishicha, "Shalke" Jekoning transfer shartnomasi bo'yicha kelishib oldi.
"Fiorentina" va bosniyalik futbolchining o'zi bilan kelishuvga erishildi. Bu hafta 39 yoshli Jeko tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Germaniyaga boradi va transferni yakunlaydi.
"Shalke" ikkinchi Bundesligada o'ynaydi.