Jeko Bosniya safida Qatarga qarshi 150-o'yinini o'tkazadi

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi jahon chempionati guruh bosqichining so'nggi uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda, bugun oqshom ular Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.
Arablar ustidan g'alaba qozonilgan taqdirda, bosniyaliklar kurashni davom ettirish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo'lishadi va maydonda, shubhasiz, Bolqon jamoasining asosiy zarbador kuchi — Edin Jeko harakat qiladi.
O'z hayotida ikkinchi bor jahon chempionatida ishtirok etayotgan yoshi katta hujumchi uchun bu Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi safidagi yubiley — 150-o'yin bo'ladi. «Oqqush» terma jamoada o'zining debyutini uzoq 2007 yilda o'tkazgan bo'lib, ilk o'yinidayoq gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar