JChlari rekordchisi bo'lgan jurnalist Pele va Maradona o'rtasida tanlov qildi

Faoliyati davomida 17-Jahon chempionatini yoritayotgan 88 yoshli germaniyalik jurnalist Xartmut Shertser qaysi futbolchi unda kattaroq taassurot qoldirganini aytdi.
— Siz Pele va Diego Maradona davrini ko'rgansiz. Bu qanday hissiyot?
— Bu aqlbovar qilmas tajriba. O'sha davrlarni hamisha katta hayajon bilan eslayman. Mendan doimo kim ko'proq taassurot qoldirgani — Pelemi yoki Maradonami, deb so'rashadi.
— Xo'sh, qaysi biri?
— Men uchun — Pele. Eng esda qolarli turnir esa 1970 yil Meksikada bo'lib o'tgan Jahon chempionati. O'shanda Braziliya chempion bo'lgan edi, — dedi Shertser «Chempionat» muxbiri Grigoriy Telingaterga bergan eksklyuziv intervyusida.
88 yosh bo'lishiga qaramay, Shertser Jahon chempionatini yoritish uchun AQShga tashrif buyurdi. Shuningdek, u jahon etakchilarini sportning insonlarni birlashtiruvchi kuchi va ahamiyatiga yanada jiddiy e'tibor qaratishga chaqirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar