JCh saralashi. Portugaliya gollarga boy o'tgan o'yinda safarda Vengriyani engdi

Portugaliya terma jamoasi JCh-2026 saralashi doirasida safarda Vengriya ustidan g'alaba qozondi (3:2). Mezbonlar safida hujumchi Barnabash Varga dubl qayd etdi. Portugaliyaliklardan yarim himoyachi Bernardu Silva, hujumchi Krishtianu Ronaldu (penaltidan) va himoyachi Joau Kanselu gol urdi.
40 yoshli Ronaldu jahon chempionati saralashida 39-golini urdi va bu ko'rsatkich bo'yicha birinchi o'rinda borayotgan gvatemalalik Karlos Ruisga etib oldi.
Portugaliya 6 ochko bilan F guruhida peshqadamlik qilmoqda, Vengriya (1 ochko) - uchinchi o'rinda.
Manba: www.stadion.uz.