Niderlandiya terma jamoasi safarda JCh-2026 saralashida Litvani mag'lub etdi - 3:2.

Mehmonlar safida 11 va 64-daqiqalarda Memfis Depay gol urib, dublni rasmiylashtirdi. Yana bir gol 33-daqiqada Kvinten Timber tomonidan kiritildi.

Litvaliklarning gollariga Gvidas Gineytis (36) va Edvinas Girdvaynis (43) mualliflik qildi.

G guruhida Niderlandiya (10 ochko) peshqadamlik qilmoqda. Litva (3) esa jadvalning so'nggidan bitta oldingi, 4-pog'onasida qolmoqda.