JCh saralashi. Mbappening gol+pasi Frantsiyaga Islandiya bilan o'yinda g'alaba keltirdi

Frantsiya o'z maydonida Jahon chempionati saralash guruh bosqichi doirasida Islandiyani mag'lub etdi - 2:1.
Mezbonlar safida gollarga Bredli Barkolya va Kilian Mbappe (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlar orasida Andri Gudonsen ajralib turardi.
O'yin yakunida frantsiyaliklar xavbeki Orelen Tchuameni qizil kartochka oldi.
Frantsiya 6 ochko jamg'arib, D guruhida peshqadamlik qilmoqda. Islandiya (3) ikkinchi o'rinda.
Frantsiya - Islandiya - 2:1
Gollar: A. Gudonsen, 21 (0:1). Mbappe, 45 - penalti (1:1). Barkolya, 62 (2:1)
Qizil kartochka: Orelen Tchuameni (68)
Manba: www.stadion.uz.