Ispaniya terma jamoasi safarda JCh-2026 saralashida Turkiyani mag'lub etdi – 6:0.

Mehmonlar safida Mikel Merino het-trikka erishdi. U 22, 45+1 va 57-daqiqalarda gollarga mualliflik qildi. Pedri dublni rasmiylashtirdi. Yana bir Torres hisobiga yozildi.

Bu natijadan so'nsh ispaniyaliklar 6 ochko bilan E guruhida peshqadamlik qilmoqda. Turkiya 3 ochkoga ega.

E guruhi. 2-tur
Turkiya — Ispaniya 0:6
Gollar: Pedri (6, 62), Merino (22, 45+1, 57), Torres (53).