JCh saralashi. Ispaniya Gruziyaga imkoniyat qoldirmadi

Ispaniya terma jamoasi AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati saralashida Gruziya terma jamoasi ustidan g'alaba qozondi.
Ispaniyaning Elche shahrida kechgan "E" guruhi uchrashuvi 2:0 hisobida mezbonlar foydasiga hal bo'ldi. Gollarni Yeremi Pino (24-daqiqa) va Mikel Oyarsabal (64) kiritdi. 29-daqiqada gruziyalik darvozabon Georgiy Mamardashvili Ferran Torresning penaltisini qaytardi.
Yana bir uchrashuvda Turkiya terma jamoasi Bolgariya terma jamoasini 6:1 hisobida mag'lub etdi.
Uchta tur yakunlariga ko'ra, Ispaniya terma jamoasi 9 ochko bilan "E" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rinda Turkiya terma jamoasi (6), uchinchi va to'rtinchi o'rinlarni mos ravishda gruzinlar (3) va bolgarlar (0) egallab turibdi.