Angliya terma jamoasi allaqachon JCh-2026 yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan. Payshanba kuni Garet Sautgeyt jamoasi saralash bosqichi doirasida o'z maydonida Serbiyaga qarshi bahs olib boradi. "Uch sherlar" quyidagi tarkibda maydonga tushadi:

Pikford, Jeyms, Konsa, Stouns, O’Rayli, Anderson, Rays, Rodjers, Saka, Reshford, Keyn.

Eslatib o'tamiz, yarim himoyachi Jud Bellingem o'yinni zaxiradan boshlaydi. U oxirgi marta iyun oyida Angliya terma jamoasi tarkibida o'ynagan.

Angliya va Serbiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin "Uembli" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 00:45da boshlanadi.