JCh-2026ning ochilish o'yinini stadiondan 80 mingdan ziyod muxlis kuzatdi

Futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionatining ochilish o'yiniga 80 000 dan ortiq muxlis tashrif buyurdi.
Turnirning dastlabki uchrashuvi Mexikodagi «Atsteka» stadionida bo'lib o'tdi. Unda Meksika terma jamoasi JARni 2:0 hisobida mag'lub etdi.
Mazkur o'yinni tomosha qilish uchun stadionga 80 824 tomoshabin tashrif buyurdi — bu ushbu arenaning JCh uchun belgilangan maksimal sig'imiga tengdir.