JCh-2026ni qaysi o'yin ochib beradi?

Futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionatining ochilish o'yinida Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o'zaro kuch sinashadi. O'yin 11 iyun kuni Mexiko shahridagi "Atsteka" stadionida bo'lib o'tadi.
Har ikki jamoa 5 dekabr kuni Vashingtondagi Kennedi San'at markazida bo'lib o'tayotgan qur'a natijasiga ko'ra A guruhidan joy oldi.
Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar uchta davlat - AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Unda ilk bor 48 ta jamoa 12 ta guruhga bo'lingan holda ishtirok etadi.