JCh-2026da sariq kartochkalar bo'yicha qoidalar o'zgaradi — The Athletic

Jahon chempionatining guruh bosqichi yakunlanganidan so'ng, shuningdek, chorak finallardan keyin barcha sariq kartochkalar bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda The Athletic xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, bu o'zgarish pley-off o'yinlarini futbolchilarning to'plangan ogohlantirishlar sabab o'tkazib yuborish ehtimolini kamaytirish uchun joriy etilmoqda.
AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadigan turnirda to'plangan sariq kartochkalar uchun diskvalifikatsiyaga oid yangi qoidalar seshanba kuni Vankuver shahrida bo'lib o'tadigan FIFA kengashi yig'ilishida muhokama qilinib, tasdiqlanishi kutilmoqda.
Avvalgi jahon chempionatlarida sariq kartochkalar faqat chorak final bosqichidan keyin “kuyardi”. Biroq musobaqa ishtirokchilari soni 32 tadan 48 tagacha oshirilgani sababli, FIFA diskvalifikatsiyalar sonini kamaytirish maqsadida qoidalarni o'zgartirishni rejalashtirmoqda.