JCh-2026da ishlaydigan hakamlar ro'yxati e'lon qilindi

FIFA JCh-2026da faoliyat yuritadigan hakamlar ismini e'lon qildi.
AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan turnirda 52 nafar bosh hakam, 88 nafar assistent va 30 nafar videoyordamchi (VAR) ishlaydi. Ular oltita konfederatsiya va 50 ta davlatdan tashrif buyurishadi — bu Jahon chempionatlari tarixidagi rekord ko'rsatkichdir.
O'zbekistonlik Ilgiz Tantashev, Andrey Tsapenko va Timur Gaynullin jahon birinchiligida ishlash uchun taklif olishdi.
Taklif etilgan eng mashhur hakamlar qatorida Ishtvan Kovach, Fransua Letekse, Danni Makkeli, Shimon Marchinyak, Maykl Oliver, Entoni Teylor, Kleman Tyurpen, Feliks Tsvayer, Slavko Vinchich va Mauritsio Mariani kabilarni ko'rish mumkin. To'liq ro'yxat bilan bu erda tanishish mumkin.