Hujumchilar Lionel Messi va Kilian Mbappe JCh-2026 musobaqasida maydonda eng ko'p masofani piyoda bosib o'tgan ikki nafar maydon futbolchisi bo'ldi.

Statistikada turnirda kamida 150 daqiqa harakat qilgan futbolchilar hisobga olindi.

39 yoshli argentinalik yulduz o'zi bosib o'tgan umumiy masofaning 47 foizini piyoda yurib o'tkazgan bo'lsa, 27 yoshli frantsuz hujumchisida bu ko'rsatkich 45 foizni tashkil etdi.

Shu bilan birga, har ikki futbolchi hisobida Argentina va Frantsiya terma jamoalari safida 7 tadan gol mavjud. Ular turnir to'purarlari ro'yxatida peshqadamlik qilmoqdalar.

Manba: Stadion.uz