Angliya Premer-ligasi vakillari JCh-2026da kiritilgan gollar soni bo'yicha barcha milliy chempionatlar orasida etakchilik qilmoqda. Bunday statistik ma'lumotni MatchDay Central keltirdi.

Hisob-kitoblarga ko'ra, Angliya chempionatida to'p suruvchi futbolchilar joriy jahon chempionatida 63 marta raqib darvozasini ishg'ol qilishgan.

Avvalroq mundialda 1/8 final bosqichi o'z yakuniga etgan edi. Chorshanba, 8 iyul kuni, jahon chempionati boshlanganidan beri ilk bor birorta ham o'yin bo'lib o'tmaydi, chunki barcha jamoalarga dam olish kuni berildi.

Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. Hozircha Lionel Skaloni shogirdlari chorak finalga yo'l olgani uchun o'z titulini himoya qilish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Manba: Stadion.uz