JCh-2026 yarim finalchilarining eng qimmat futbolchilari kimlar? Reyting e'lon qilindi

Taniqli Transfermarkt portali o'z terma jamoalari bilan 2026 yilgi jahon chempionati yarim finaliga qadar etib kelgan eng qimmatbaho o'yinchilar reytingini tuzdi.
Ro'yxatni bugun 19 yoshini nishonlayotgan ispaniyalik Lamin Yamal («Barselona») boshqarmoqda — uning qiymati 200 million evroga baholanmoqda. Ikkinchi o'rinni Madridning «Real» klubi a'zosi, frantsiyalik Kilian Mbappe egallab turibdi — 180 million evro. Uchinchi o'rinni esa ispaniyalik Pedri («Barselona») va frantsiyalik Maykl Olise («Bavariya») o'zaro bo'lishib turishibdi — har biri 150 million evrodan. Angliya terma jamoasi vakili Jud Bellingem («Real» Madrid) esa 130 million evro bilan beshlikni yakunlab berdi.
E'tiborlisi shundaki, o'nlikdagi yagona argentinalik vakil 100 million evroga baholangan Xulian Alvares bo'ldi. «Atletiko» hujumchisi top-10 ro'yxatini yakunlaydi.
Eslatib o'tamiz, 14 iyul kuni Ispaniya va Frantsiya birinchi yarim finalda maydonga tushadi, bir kun o'tib esa Argentina va Angliya o'rtasidagi bahsda finalga ikkinchi yo'llanma egasi aniqlanadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar