JCh-2026. Yaponiya Tunis darvozasiga javobsiz to'rtta gol urdi

Jahon chempionati–2026 "F" guruhi 2-turidan o'rin olgan Tunis va Yaponiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi.
Meksikaning Guadalupe shahridagi «BBVA» stadionida bo'lib o'tgan bahsda Yaponiya yirik 4:0 hisobida g'alaba qozondi.
O'yinda hisobni 4-daqiqada Daichi Kamada ochdi. 31-daqiqada Ayase Ueda jamoasining ustunligini ikki baravarga oshirdi. Ikkinchi bo'limda Dzyunya Ito 69-daqiqada uchinchi golni urdi. Uchrashuvga nuqtani esa 83-daqiqada dubl qayd etgan Ayase Ueda qo'ydi.
JCh-2026. F guruhi, 2-tur
Tunis — Yaponiya — 0:4
Gollar: Kamada (4), Ueda (31, 83), Ito (69).
Birinchi turda Yaponiya Niderlandiya bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, Tunis Shvetsiyaga mag'lub bo'lgan edi.
Ikki turdan keyin Yaponiya o'z hisobida 4 ochko to'pladi va pley-off uchun kurashda muhim qadam tashladi. Tunis esa ketma-ket ikkinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi.
Guruh bosqichining so'nggi turida Yaponiya Shvetsiyaga qarshi maydonga tushadi, Tunis esa Niderlandiya bilan bahs olib boradi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar