JCh-2026. Yangi Zelandiya — Misr uchrashuvi uchun asosiy tarkiblar ma'lum

Bugun, 22 iyun kuni 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatining G guruhi 2-turidan o'rin olgan Yangi Zelandiya va Misr terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.
Uchrashuv Kanadaning Vankuver shahridagi «Bi-Si Pleys» stadionida tashkil etiladi. Bosh hakam sifatida BAA vakili Umar Al-Ali faoliyat yuritadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da start oladi.
Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari bilan tanishing:
JCh-2026. "G" guruhi. 2-tur.
22 iyun. 06:00. Vankuver. «Bi-Si Pleys» stadioni.
YaNGI ZELANDIYa - MISR
Yangi Zelandiya: Krokomb, Peyn, Boksoll, Kekachey, Syorman, Bell, Stamenich, Singh, Jast, Makkouott, Vud.
Misr: Shobeyr, Ibrohim, Hani, Abul-Fattoh, Ashur, Ziko, Fati, Lashin, Attiya, Saloh, Marmush.
Bosh hakam: Umar Al-Ali (BAA)
G guruhining 1-turida Yangi Zelandiya Eron bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, Misr Belgiyadan ochko tortib olib, 1:1 hisobini qayd etgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar