JCh-2026. Yangi Zelandiya - Belgiya. Tarkiblar bilan tanishing

2026 yilgi jahon chempionati «G» guruhi 3-turidan o'rin olgan Yangi Zelandiya va Belgiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 08:00 da chalinadi.
Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:
-
Yangi Zelandiya: Krokomb, Peyn, Bindon, Kekachey, Syorman, Bell, Stamenich, Singx, Jast, Tomas, Vud.
-
Belgiya: Kurtua, Kastan, Teat, Mexele, De Kyoyper, Tilemans, De Bryoyne, Vanaken, Trossard, Doku, De Ketelare.
Ikki turdan keyin Yangi Zelandiya terma jamoasi bir ochko jamg'arib, «G» guruhi turnir jadvalida so'nggi o'rinda bormoqda. Belgiya hisobida ikki ochko bor va u uchinchi pog'onani egallab turibdi. Birinchi o'rinda Misr (4 ochko), ikkinchida esa Eron (2 ochko) joylashgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar