JCh-2026 yakunidan keyin yana bir terma jamoa ustozi iste'foga chiqdi

Gaiti terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokdan so'ng bosh murabbiy Sebasten Mine bilan hamkorlikni yakunladi. Mahalliy futbol federatsiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, tomonlar shartnomani o'zaro kelishuvga ko'ra bekor qilishga qaror qilishgan.
53 yoshli frantsiyalik mutaxassis milliy jamoani 2024 yildan buyon boshqarib kelayotgandi va Gaiti termasini 50 yildan ortiq vaqt ichida ilk bor Jahon chempionatiga olib chiqib, tarixga kirdi.
Federatsiya Minega jamoa bilan ishlagan davridagi «professionalizm, o'z ishiga sadoqat va fidoyilik» uchun minnatdorchilik bildirdi.
Joriy mundialda gaitilik futbolchilar guruhdan chiqa olishmadi va uchta mag'lubiyatni qabul qilib olishdi — Shotlandiya (0:1), Braziliya (0:3) va Marokash (2:4).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar