23 iyun kuni AQShning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida Norvegiya va Senegal terma jamoalari o'rtasida JCh-2026 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Norvegiya 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Norvegiya hisobni 43-daqiqada Markus Pedersen ochdi. 48-daqiqada Erling Xoland hisobni oshirdi. 53-daqiqada Ismaila Sarr javob golini urdi. 58-daqiqada Xoland o'zining ikkinchi golini kiritib, dublni rasmiylashtirdi. 90+3-daqiqada Sarr yana bir bor aniq zarba berdi.

Shu tariqa Norvegiya 3:2 hisobida g'alaba qozonib, guruh bosqichi yakunlanishidan oldin pley-off bosqichiga chiqishni kafolatladi.

Jahon chempionati–2026. "I" guruhi, 2-tur
23 iyun 2026, Ist-Raterford (AQSh). «Metlayf» stadioni
Norvegiya – Senegal – 3:2
Gollar: 1:0 Markus Pedersen (43), 2:0 Erling Xoland (48), 2:1 Ismaila Sarr (53), 3:1 Erling Xoland (58), 3:2 Ismaila Sarr (90+3)

Manba: Stadion.uz