Bugun, 24 iyun kuni JCh-2026 guruh bosqichining 3-turidan o'rin olgan V guruhi bahslari bo'lib o'tadi. Uchrashuvlar Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

Guruh peshqadami bo'lib turgan Kanada terma jamoasi Vankuverdagi «Bi-Si Pleys» stadionida Shveytsariyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahsni braziliyalik hakam Ramon Abatti boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi.

Sietl shahridagi «Lyumen Fild» stadionida esa Bosniya va Gertsegovina hamda Qatar terma jamoalari o'zaro munosabatlarga oydinlik kiritadi. Uchrashuvni venesuelalik hakam Xesus Valensuela boshqaradi.

JCh-2026. "B" guruhi, 3-tur
ShVEYTsARIYa - KANADA
Shveytsariya: Kobel, Xakes, Elvedi, Akandji, Rodriges, Djaka, Manzambi, Froyler, Sou, Vargas, Embolo.
Kanada: Krepo, Jonston, De Fujerol, Kornelius, Lare, Shuaner, Saliba, Axmed, Byukenen, Devid, Larin.

BOSNIYa VA GERTsEGOVINA - QATAR
Bosniya va Gertsegovina: Vasil, Kolashinats, Katich, Radelich, Malich, Bashich, Shunich, Demirovich, Alaybegovich, Bayraktarevich, Jeko.
Qatar: Abunada, Migel, Lay, Jaber, Xuxiy, Al-Buraykiy, Budiaf, Fathiy, Edmilson Junior, Al-Xaydos, Afif.

Ikki turdan keyin Kanada va Shveytsariya hisobida 4 tadan ochko mavjud bo'lib, ular mos ravishda birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallab turibdi. Bosniya va Gertsegovina hamda Qatar esa bittadan ochko bilan keyingi pog'onalarda joylashgan.

Manba: Stadion.uz