FIFA 2026 yilgi jahon chempionati uchun yangi qoidalar joriy etish haqida qaror qabul qildi. Ushbu qoidalar haqida The Touchline nashri batafsil ma'lumot berdi:

  1. Tezkor almashtirishlar: Futbolchining maydonni tark etishi uchun 10 soniya vaqt beriladi. Agar vaqt cho'zilsa, uning o'rniga tushayotgan o'yinchi faqat 1 daqiqadan keyin maydonga kirishi mumkin bo'ladi.

  2. Aut va darvozadan to'pni o'yinga kiritish: Futbolchilar autni tashlash yoki darvozadan to'pni o'yinga kiritishni 5 soniya ichida amalga oshirishlari shart. Kechikish yuz bersa, to'pni o'yinga kiritish huquqi raqib jamoaga o'tadi.

  3. Tibbiy yordam: Agar futbolchiga tibbiy yordam ko'rsatilsa, u maydonni 1 daqiqaga tark etishga majbur. Istisno holat — agar futbolchiga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun raqibga kartochka ko'rsatilgan bo'lsa, maydondan chiqish talab etilmaydi.

  4. VAR vakolatlarining kengayishi: Videoassistent endi ikkinchi sariq kartochkalarni va xato belgilangan burchak to'plarini tekshirish huquqiga ega bo'ladi.

  5. Sardor va hakam: Hakam bilan faqat jamoa sardori muloqot qila oladi. Boshqa o'yinchilar hakam bilan gaplashishga urinsa, darhol sariq kartochka bilan jazolanadi.