Jahon chempionati-2026 «D» guruhida so'nggi 3-tur o'yinlari o'tkazildi.

Paragvay - Avstraliya bahsida hisob ochilmadi - 0:0.

Guruh bosqichidan so'ng uyiga qaytishi aniq bo'lgan Turkiya esa so'nggi turda mezbon AQShni mag'lub etdi - 3:2.

O'yinda mezbonlar Auston Trustining 8-daqiqadagi goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Turklar safida birinchi bo'limning o'zida Arda Gyuler (10) va Barish Yilmaz (31) javob gollarini kiritishdi. Sebastian Berxalter 49-daqiqada muvozanatni tiklagan bo'lsa, 90+8-daqiqada Kan Ayxan turklarga 3 ochko keltirgan gol muallifi bo'ldi.

Guruhda AQSh 6 ochko bilan peshqadam bo'ldi. Avstraliya 4 ochko bilan ikkinchi, Paragvay undan faqat qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha ortda qolib, uchinchi o'rinni egalladi. Turkiya 3 ochko bilan so'nggi o'rinda qoldi.

Manba: Stadion.uz