Shotlandiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun o'z qaydnomasini e'lon qildi. Yakuniy ro'yxatdan 26 nafar futbolchi, jumladan, jamoa etakchilari — Endi Robertson, Skott Maktominay, Billi Gilmor va Djon Makginn joy oldi.

Darvozabonlar: Kreyg Gordon («Xarts»), Angus Gann («Nottingem Forest»), Liam Kelli («Reyndjers»).

Himoyachilar: Grant Xenli («Xibernian»), Djek Xendri («Al-Ittifoq»), Aaron Xiki («Brentford»), Dom Xayam («Reksxem»), Skott Makkenna («Dinamo» Zagreb), Natan Patterson («Everton»), Entoni Ralston («Seltik»), Endi Robertson («Liverpul»), Djon Sauttar («Reyndjers»), Kiran Tirni («Seltik»).

Yarim himoyachilar: Rayan Kristi («Bornmut»), Findli Kyortis («Kilmarnok»), Lyuis Fergyuson («Bolonya»), Ben Gennon-Douk («Bornmut»), Billi Gilmor («Napoli»), Djon Makginn («Aston Villa»), Kenni Maklin («Norvich Siti»), Skott Maktominay («Napoli»).

Hujumchilar: Che Adams («Torino»), Lindon Dayks («Charlton»), Djordj Xyorst («Ipsvich Taun»), Lourens Shenklend («Xarts»), Ross Styuart («Sautgempton»).

Bosh murabbiy: Stiv Klark.

Musobaqaning guruh bosqichida shotlandiyaliklar Gaiti, Marokash va Braziliya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.