JCh-2026 saralashi. Italiya Moldovani engdi

Italiya terma jamoasi JCh-2026 saralashida Moldovaga qarshi bahs olib bordi va 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 88-daqiqasida italiyaliklar himoyachisi Janluka Manchini hisobni ochdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Franchesko Espozito mehmonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Italiya ochkolari sonini 18taga etkazdi va I guruhida 2-o'ringa ko'tarildi.