Germaniya terma jamoasi JCh-2026 saralashidan o'rin olgan o'yinda Lyuksemburgdan ustun keldi - 2:0. O'yin "Stad Lyuksemburg"da bo'lib o'tdi.

Birinchi bo'limda gol urilmadi. Tanaffusdan so'ng hujumchi Nik Voltemade dubl qayd etdi. 49-daqiqada u hisobni ochgan bo'lsa, oradan 20 daqiqa o'tib nemislarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Nemislar ochkolarini 12taga etkazib, A guruhida peshqadamlik qilmoqda. Lyuksemburg so'nggi pog'onada bormoqda - 0 ochko.

Manba: www.stadion.uz.