Belgiya terma jamoasi o'z maydonida Qozog'istonni yirik hisobda mag'lub etdi, - 6:0.

Mezbonlar safida Kevin De Bryuyne va Jeremi Doku ikkitadan gol urdi. Raskin va Myone ham maydonni golsiz tark etishmadi.

Shu tariqa, Rudi Garsiya boshqaruvidagi belgiyaliklar ochkolari sonini 10 taga etkazdi. Bu guruhda Shimoliy Makedoniya 11 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

J guruhi. 5-tur

Belgiya — Qozog'iston 6:0

Gollar: De Bryuyne (42, 84), Doku (44, 60), Raskin (51), Myone (87).