Angliya terma jamoasi o'z maydonida JCh-2026 saralashi guruh o'yinida Serbiyani mag'lub etdi - 2:0.

Gollarga Bukayo Saka va Eberechi Eze mualliflik qildi.

Parallel kechgan o'yinda Albaniya safarda Andorrani 1:0 hisobida mag'lub etdi. Golni Kristian Asslani kiritdi.

Angliya ketma-ket 7-g'alabasini qo'lga kiritdi va 21 ochko bilan K guruhi jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Albaniya ettita o'yindan so'ng 14 ochko to'pladi va pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Serbiya (10) Latviya (5) bilan Andorra (8 o'yindan keyin 1 ochko) kabi JCh-2026 yo'llanmasidan mahrum bo'ldi.

Manba: www.stadion.uz.