JCh-2026 saralashi. Afrika: Nigeriya o'tish o'yini yarim finalida Gabonni yirik hisobda mag'lub etdi

Nigeriya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati Afrika mintaqasi saralash bosqichining yarim final o'tish o'yinida Gabon ustidan g'alaba qozondi. O'yin Rabotda (Marokash) bo'lib o'tdi.
Asosiy vaqtda jamoalar bittadan gol urdi - 1:1. Nigeriyaliklar safida 78-daqiqada Akor Adams hisobni ochdi. Gabonliklar esa 11 daqiqadan so'ng Mario Lemina orqali muvozanatni tikladi.
Qo'shimcha vaqtda Nigeriya yana uch marta raqib darvozasini ishg'ol qildi - 4:1. Gollarni Chidera Edjuke va Viktor Osimxen (ikki marta) kiritdi.
Nigeriya pley-off finaliga chiqdi va 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo'llanma uchun Kamerun - Kongo Demokratik Respublikasi o'yini g'olibi bilan bellashadi.
JCh-2026 saralashi. Afrika. 2-raund
13 noyabr 2025 yil, payshanba. 21:00
Nigeriya - Gabon - 4:0
Gollar: A. Adams - 78 (1:0), M. Lemina - 89 (1:1), Ch. Edjuke - 97 (2:1), V. Osimxen - 102 (3:1), V. Osimxen - 110 (4:1).