Jahon chempionati–2026 Evropa saralashi 2-turidan o'rin olgan Shveytsariya — Sloveniya uchrashuvi yakuniga etdi. Bazel shahridagi «Sankt-Yakob Park» stadionida bo'lib o'tgan bellashuvda maydon egalari 3:0 hisobida zafar quchdi.

18-daqiqada Niko Elvedi hisobni ochdi. 33-daqiqada Bril Embolo hisobdagi farqni oshirdi. 38-daqiqada esa Dan Ndoy uchinchi golni kiritdi.

Bu g'alabadan keyin Shveytsariya 6 ochko bilan “B” guruhi jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Sloveniya esa 1 ochko bilan oxirgi o'rinda qoldi.

Keyingi turda Shveytsariya 10 oktyabr kuni safarda Shvetsiyaga qarshi o'ynaydi. Sloveniya esa xuddi shu sanada Kosovoga qarshi mehmonda bahs olib boradi.

JCh–2026. Evropa. “B” guruhi. 2-tur
2025 yil 8 sentyabr, dushanba. 23:45
Shveytsariya — Sloveniya — 3:0
Gollar: 1:0 — Elvedi (18’), 2:0 — Embolo (33’), 3:0 — Ndoy (38’)

Manba: championat.com