JCh-2026 saralash. Shotlandiya terma jamoasi Belarusni mag'lub etdi

Jahon chempionati–2026 Evropa saralashi 2-turidan o'rin olgan Belarus — Shotlandiya uchrashuvi yakuniga etdi. Unda shotlandlar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. O'yin Vengriyaning Zalaegerseg shahridagi «Zi-Ti-I Arena» stadionida o'tkazildi.
43-daqiqada Che Adams hisobni ochdi. 65-daqiqada esa Zaxar Volkov o'z darvozasiga gol urib qo'ydi.
Bu o'yindan keyin Belarus “C” guruhi turnir jadvalida haligacha ochko to'play olmay, 4-o'rinda qoldi. Shotlandiya esa 4 ochko bilan 2-o'rinni egallab turibdi.
Keyingi turda Belarus 9 oktyabr kuni Daniyaga qarshi bahs olib boradi. Shotlandiya esa xuddi shu kuni o'z maydonida Gretsiyani qabul qiladi.
JCh–2026. Evropa. “C” guruhi. 2-tur
2025 yil 8 sentyabr, dushanba. 23:45
Belarus — Shotlandiya - 0:2
Gollar: 0:1 — Adams (43’), 0:2 — Volkov (avtogol, 65’)