JCh-2026 saralash. Portugaliya Armanistonni tor-mor keltirdi. Ronaldu va Feliks dubl qayd etishdi

Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi Evropa qit'asi 1-turidan o'rin olgan Armaniston — Portugaliya uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi. Ushbu bellashuv Erevandagi «Vazgen Sarkisyan nomidagi Respublika» stadionida bo'lib o'tdi. Maydon egalari yirik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi — 0:5.
10-daqiqada «An-Nasr» hujumchisi Joau Feliks hisobni ochdi. 21-daqiqada uning jamoadoshi Krishtianu Ronaldu hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi. 33-daqiqada Saudiyaning «Al-Hilol» klubi himoyachisi Joau Kanselu uchinchi golni kiritdi. 46-daqiqada Ronaldu o'zining ikkinchi golini urdi. 62-daqiqada Feliks ham dubl qayd etdi.
2-turda Portugaliya safarda Vengriyaga qarshi o'ynaydi, Armaniston esa o'z maydonida Irlandiyani qabul qiladi. Ikkala uchrashuv ham 9 sentyabr, seshanba kuni bo'lib o'tadi.
JCh–2026. Evropa. F guruhi. 1-tur
6 sentyabr 2025, shanba. 21:00
Armaniston — Portugaliya - 0:5
Gollar: 0:1 — Feliks (10'), 0:2 — Ronaldu (21'), 0:3 — Kanselu (33'), 0:4 — Ronaldu (46'), 0:5 — Feliks (62')