Argentina terma jamoasi JCh-2026 saralashining 17-turida Venesuela milliy jamoasini 3:0 hisobida mag'lub etdi.

G'oliblar safida Lionel Messi dubl muallifi bo'ldi, yana bir golni Lautaro Martines urdi.

Shu tariqa, Argentina terma jamoasi JCh-2026 Janubiy Amerika saralash guruhida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi va mundialga yo'llanmani ta'minlab oldi. Venesuela esa ettinchi o'rinda yakunladi va JCh-2026da qatnashish huquqi uchun pley-off bahslarida maydonga tushadi.

2026 yilda jahon chempionati tarixda ilk bor bir vaqtning o'zida uchta davlat — AQSh, Meksika va Kanada hududida o'tkaziladi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi. Final bosqichda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

JCh-2026 — Janubiy Amerika. 17-tur
2025 yil 5 sentyabr, juma. 04:30
Argentina — Venesuela - 3:0
Gollar: 1:0 — Messi (39’), 2:0 — Martines (76’), 3:0 — Messi (80’)

Manba: championat.com