48 ta jamoa ishtirok etadigan 2026 yilgi Mundialga 2 ta yo'llanma nomi qit'alaro pley-off bosqichi yordamida aniqlanadi. Ushbu bosqichda 6 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Osiyo — 1ta
Afrika — 1ta
Janubiy Amerika — 1 ta (Boliviya)
Okeaniya — 1 ta (Yangi Kaledoniya)
Shimoliy Amerika — 2 ta

Janubiy Amerika va Okeaniyada bu bosqichda ishtirok etadigan jamoalar aniq bo'ldi.

Qit'alararo pley-off 2 ta bosqichdan iborat bo'ladi:

1) FIFA reytingining eng pastki 4 ta jamoa birinchi bosqichida (yarim final) 2 ta juftlik hosil qiladi. G'oliblar keyingi bosqichga (final) chiqadi.

2) FIFA reytingida yuqori o'rinni egallagan 2 jamoa birinchi bosqichdan chiqqan ikki termaga qarshi maydonga chiqadi. G'oliblar Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Pley-off bellashuvlari 2026 yil mart oyida Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadi.

Manba: @futbol_qoidalar