JCh-2026 saralash bosqichi, Evropa: 13 oktyabr kungi natijalar

13 oktyabr kuni futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionatiga Evropa saralash bosqichidan sakkizta uchrashuv bo'lib o'tdi. «Stadion.uz» nashri shu kungi o'yinlar natijalari bilan tanishtirib o'tadi.
Belgiya terma jamoasi safarda Uelsni mag'lub etdi va Mundial yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun juda yaqin turibdi.
Frantsiya terma jamoasi mehmonda Islandiyani mag'lub eta olmadi (2:2). Shvetsiya esa, kutilmaganda, o'z uyida Kosovoga imkoniyatni boy berdi va JCh yo'llanmasidan butunlay mahrum bo'ldi.
Uels — Belgiya — 2:4
Shimoliy Makedoniya — Qozog'iston — 1:1
Shvetsiya — Kosovo — 0:1
Sloveniya — Shveytsariya — 0:0
Shimoliy Irlandiya — Germaniya — 0:1
Slovakiya — Lyuksemburg — 2:0
Ukraina — Ozarbayjon — 2:1
Islandiya — Frantsiya — 2:2
2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatining final bosqichi AQSh, Kanada va Meksikada o'tkaziladi. Milliy jamoalar o'rtasidagi ushbu yirik musobaqa 11 iyundan 19 iyulgacha bo'lib o'tadi.