Kecha, 9 oktyabr kuni 2026 yilgi jahon chempionatiga Evropadagi saralash bosqichi doirasida sakkizta uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bahslarning 4 tasida kirik hisob qayd etildi. Jumladan, Avstriya San-Marino darvozasiga 10 ta gol urdi. Daniya esa Belarusni 6:0 hisobida mag'lub etdi.

Quyida kun natijalari bilan tanishing:

Finlyandiya — Litva — 2:1
Chexiya — Xorvatiya — 0:0
Farer orollari — Chernogoriya — 4:0
Kipr — Bosniya va Gertsegovina — 2:2
Shotlandiya — Gretsiya — 3:1
Belarus — Daniya — 0:6
Malta — Niderlandiya — 0:4
Avstriya — San-Marino — 10:0.

Manba: stadion.uz