JCh-2026 saralash. Angliya o'z maydonida Andorrani mag'lub etdi

Jahon chempionati–2026 saralash bosqichi Evropa qit'asi 5-turidan o'rin olgan Angliya — Andorra uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.
Ushbu bellashuv Birmingemdagi «Villa Park» stadionida bo'lib o'tdi. Maydon egalari 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Kristian Garsiya o'z darvozasini ishg'ol etdi. 67-daqiqada esa Deklan Rays “sherlar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Bu g'alabadan so'ng Angliya 12 ochko to'plagan holda guruhda peshqadamlik qilmoqda. Andorra hisobida birorta ham ochko yo'q.
JCh–2026. Evropa. K guruhi. 5-tur
Angliya — Andorra - 2:0
Gollar: Garsiya 25 avtogol, Deklan Rays 67