UEFA Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichida eng ko'p vakilga ega konfederatsiya maqomini saqlab qoldi.

Musobaqaning 1/8 finaliga Evropadan 7 ta terma jamoa yo'l oldi — Shveytsariya, Belgiya, Ispaniya, Frantsiya, Norvegiya, Portugaliya va Angliya.

Shuningdek, pley-offning ushbu bosqichida KONMEBOL (Janubiy Amerika) sharafini 4 ta jamoa himoya qiladi: Braziliya, Argentina, Paragvay va Kolumbiya. KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika) qit'asidan esa uchta terma jamoa — AQSh, Kanada va Meksika bahslarni davom ettiradi.

Bundan tashqari, Afrika futbol konfederatsiyasidan (KAF) yana 2 ta jamoa — Marokash va Misr keyingi bosqich yo'llanmasiga ega chiqdi.

Konfederatsiyalar bo'yicha taqsimot jadvali:

Konfederatsiya Jamoalar soni Terma jamoalar
UEFA (Evropa) 7 Shveytsariya, Belgiya, Ispaniya, Frantsiya, Norvegiya, Portugaliya, Angliya
KONMEBOL (Janubiy Amerika) 4 Braziliya, Argentina, Paragvay, Kolumbiya
KONKAKAF (Shimoliy Amerika) 3 AQSh, Kanada, Meksika
KAF (Afrika) 2 Marokash, Misr

Manba: Stadion.uz