2 iyuldan 3 iyulga o'tar kechasi futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 final uchrashuvi bo'lib o'tadi va unda Portugaliya hamda Xorvatiya terma jamoalari o'zaro to'qnash kelishadi. Jamoalar Torontodagi (Kanada) «Bi-Em-O Fild» stadionida maydonga tushishadi. Uchrashuvni Espen Eskos (Norvegiya) boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da chalinadi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari

Portugaliya: Diogu Koshta, Kanselu, Diash, Veyga, Mendesh, Vitinya, Nevesh, Brunu Fernandesh, Netu, Leau, Ronaldu.

Xorvatiya: Livakovich, Stanishich, Shutalo, Pongrachich, Perishich, Modrich, Kovachich, Suchich, Baturina, Vlashich, Budimir.

Portugaliyaliklar «K» guruhida O'zbekistonni (5:0) mag'lub etib, Kongo DR (1:1) va Kolumbiya (0:0) bilan durang o'ynagan holda ikkinchi o'rinni egallashdi. Xorvatlar esa «L» kvartetida ikkinchi bo'lishdi. Jamoa Angliyaga (2:4) imkoniyatni boy berdi, biroq Panama (1:0) hamda Gana (2:1) terma jamoalari ustidan g'alaba qozondi.

Manba: Stadion.uz