JCh-2026. Portugaliya — Ispaniya. Ronaldu, Fernandesh, Yamal va Pedri asosiy tarkibda

Bugun, 6 iyul kuni, JCh-2026 1/8 finali doirasida Portugaliya va Ispaniya terma jamoalari o'zaro bahs olib boradi.
Uchrashuv AQShning Texas shtati, Arlington shahridagi «Ey-Ti-end-Ti» stadionida bo'lib o'tadi. Bosh hakam — angliyalik Entoni Teylor. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.
JCh-2026. Nimchorak final. 6 iyul. 00:00
PORTUGALIYa - ISPANIYa
Portugaliya: Koshta, Diash, Veyga, Kanselu, Mendesh, Fernandesh, Nevesh, Vitinya, Ronaldu, Feliks, Netu.
Ispaniya: Simon, Porro, Laport, Kubarsi, Kukurelya, Baena, Rodri, Pedri, Olmo, Yamal, Oyarsabal.
Eslatib o'tamiz, 1/16 finalda Portugaliya Xorvatiyani 2:1 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, Ispaniya Avstriya ustidan 3:0 hisobida ishonchli g'alaba qozongan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar