AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tayotgan Jahon chempionatining 3-turidan o'rin olgan Kongo DR va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv rasmiylari ma'lum bo'ldi.

Mazkur bellashuvni germaniyalik FIFA hakami Feliks Tsvayer boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Robert Kempter va Kristian Dits yordam beradi.

Uchrashuvning to'rtinchi va beshinchi rasmiy hakamlari sifatida ispaniyalik Alexandro Ernandes hamda Diego Sanches faoliyat olib boradi.

Eslatib o'tamiz, milliy terma jamoamizning Kongo DRga qarshi bahsi 28 iyun kuni Atlanta shahridagi «Atlanta Stedium» stadionida bo'lib o'tadi.

Manba: Stadion.uz