Jahon chempionatining "K" guruhidan olgan O'zbekiston milliy jamoasi pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritsa, 1/16 finalda qaysi jamoa bilan to'qnash kelishiga oydinlik kiritildi.

Agar guruhda:

1-o'rin egallasak - boshqa guruhlarda (D/E/I/J/L) 3-o'rinni egallagan jamoalardan biri bilan;

2-o'rinni egallasak - "L" guruhida 2-o'rinni egallagan terma bilan (Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama);

3-o'rin bilan pley-offga chiqsak - "L" guruhida 1-o'rinni egallagan jamoa bilan aniq to'qnash kelamiz (Angliya, Xorvatiya, Gana, Panama).

Ma'lumot o'rnida. Guruhlarda 1 va 2-o'rinni egallagan jamoalar hamda 3-o'rinni band etganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan 8 ta jamoa pley-off bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.

Manba: stadion.uz