Bugun, 26 iyun kuni futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionati «I» guruhi 3-turidan o'rin olgan Norvegiya va Frantsiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv bo'lib o'tadi. O'yin «Djillett» stadionida (Foksboro, AQSh) o'tkaziladi. Bahsda bosh hakam sifatida Maykl Oliver (Ashington, Angliya) faoliyat olib boradi. Hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da chalinadi.

Norvegiya: Selvik, Estigor, Byorkan, Falxener, Berg, Eursnes, Torstvedt, Osgor, Shelderup, Bobb, Larsen.

Frantsiya: Menyan, Yupamekano, Kunde, T. Ernandes, Lakrua, Kone, Tchuameni, Dembele, Mbappe, Olise, Due.

«I» guruhidagi ikki turdan so'ng Norvegiya terma jamoasi olti ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Frantsiya ham olti ochko bilan birinchi pog'onadan joy olgan. Har ikki jamoa muddatidan avval pley-off yo'llanmasini hal qilib bo'lgan. Uchinchi o'rinda Senegal (0), to'rtinchi pog'onada esa Iroq (0) bormoqda.

Guruh bosqichi 11 iyundan 27 iyunga qadar davom etadi. Jamoalar o'zaro bir davralik tizimda (har biri uchtadan o'yin) bahs olib borishadi. Har bir guruhdan ikkita eng yaxshi terma jamoa, shuningdek, uchinchi o'rinni egallagan eng yaxshi sakkizta jamoa pley-off bosqichiga yo'l oladi.

Manba: Stadion.uz