JCh-2026’ning eng yuqori daromadga ega futbolchisi nomi e'lon qilindi

Forbes nashri jurnalistlari Jahon chempionati—2026’da ishtirok etuvchi eng ko'p maosh oluvchi uch nafar futbolchi ro'yxatini taqdim etdi.
Reytingni Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu boshqarib bormoqda. Uning yillik daromadi 300 million dollarni tashkil etgan.
Ro'yxatning ikkinchi pog'onasidan «Oltin to'p» mukofotining sakkiz karra sohibi Lionel Messi joy oldi. Argentina terma jamoasi yulduzi yil davomida 140 million dollar ishlab topgan. Kuchli uchlikni esa Frantsiya terma jamoasi va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe 95 million dollarlik ko'rsatkich bilan yakunlab berdi.
Eslatib o'tamiz, futbol bo'yicha navbatdagi mundial AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida 11 iyundan 19 iyulga qadar bo'lib o'tadi.