JCh-2026 ning eng ko'p maosh oluvchi futbolchilari nomi ma'lum bo'ldi

Jahon chempionati an'anaviy tarzda sayyoramizning eng kuchli futbolchilarini birlashtiradi. AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi va ularning har biri 26 nafardan futbolchini qaydnomaga kiritgan. Shu tariqa, musobaqaning final bosqichida jami 1248 nafar o'yinchi harakat qiladi.
Xo'sh, ular orasida eng yuqori maoshni kimlar oladi?
JCh-2026 ning eng ko'p maosh oluvchi TOP-10 futbolchisi:
-
Krishtianu Ronaldu: haftasiga 3,93 mln evro («An-Nasr», Portugaliya)
-
Riyod Maxrez: haftasiga 1,01 mln evro («Al-Axli», Jazoir)
-
Sadio Mane: haftasiga 771 ming evro («An-Nasr», Senegal)
-
Kalidu Kulibali: haftasiga 669 ming evro («Al-Xilol», Senegal)
-
Erling Xolann: haftasiga 608 ming evro («Manchester Siti», Norvegiya)
-
Kilian Mbappe: haftasiga 602 ming evro («Real Madrid», Frantsiya)
-
Ayvan Touni: haftasiga 492 ming evro («Al-Axli», Angliya)
-
Vinisius Junior: haftasiga 482 ming evro («Real Madrid», Braziliya)
-
Xarri Keyn: haftasiga 482 ming evro («Bavariya», Angliya)
-
Muhammad Saloh: haftasiga 463 ming evro («Liverpul», Misr)