JCh-2026 ning eng kelishgan futbolchisi aniqlandi

Argentina terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Rodrigo de Paul olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra, ayni paytda Shimoliy Amerikada bo'lib o'tayotgan JCh-2026 ning eng chiroyli futbolchisi deb topildi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Reytingning ikkinchi pog'onasidan Germaniya terma jamoasi hujumchisi Kay Xaverts joy oldi. Kuchli uchlikni esa Angliya milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Noni Madueke yakunlab berdi.
Manbaning ta'kidlashicha, ushbu reytingni tuzishda mundialda ishtirok etayotgan eng mashhur 150 nafar futbolchining tashqi ko'rinishi tahlil qilib chiqilgan.
Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli superyulduzi, hujumchi Krishtianu Ronaldu esa mazkur ro'yxatda bor-yo'g'i 45-o'rinni band etdi.
Manba: Stadion.uz