JCh-2026. Niderlandiya Shvetsiyani yirik hisobda mag'lub etdi

Jahon chempionati–2026 "F" guruhi 2-turidan o'rin olgan Niderlandiya va Shvetsiya terma jamoalari o'rtasidagi bahs yakunlandi.
AQShning Xyuston shahridagi «En-Er-Ji Stedium» arenasida bo'lib o'tgan uchrashuvda niderlandlar 5:1 hisobida g'alaba qozondi.
Hisob 5-daqiqada Brayan Brobbining goli bilan ochildi. Hujumchi 17-daqiqada dubl qayd etdi. Ikkinchi bo'lim boshida Kodi Gakpo 47 va 54-daqiqalarda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi. Shvetsiya safida Entoni Elanga 59-daqiqada bitta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Uchrashuvga nuqtani esa 89-daqiqada Krisensio Sammervill qo'ydi.
JCh-2026. F guruhi, 2-tur
Niderlandiya — Shvetsiya — 5:1
Gollar: Brobbi (5, 17), Gakpo (47, 54), Sammervill (89) — Elanga (59).
Ushbu natijadan keyin Niderlandiya 4 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. Shvetsiya hisobida 3 ochko bor va jamoa ikkinchi o'rinda bormoqda.
So'nggi turda Niderlandiya Tunisga qarshi, Shvetsiya esa Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi. Har ikki bahs 26 iyun kuni bo'lib o'tadi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar