Jahon chempionati–2026 "F" guruhi 2-turidan o'rin olgan Niderlandiya va Shvetsiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv uchun asosiy tarkiblar ma'lum bo'ldi.

Bahs AQShning Xyuston shahridagi «Houston Stadium» arenasida bo'lib o'tadi. Uchrashuvni angliyalik hakam Maykl Oliver boshqarib boradi.

JCh-2026. F guruhi, 2-tur
20 iyun, 22:00. Xyuston (AQSh), «Houston Stadium».

NIDERLANDIYa - ShVETsIYa

Niderlandiya: Bart Verbryuggen, Virjil van Deyk, Yan Paul van Xekke, Mikki van de Ven, Denzel Dyumfris, Rayan Gravenberx, Teyani Reynders, Frenki de Yong, Kodi Gakpo, Doniell Malen, Brayan Brobbi.

Shvetsiya: Kristoffer Nordfeldt, Gustaf Lagerbilke, Viktor Lindelyof, Isak Xien, Gabriel Gudmundsson, Aleksander Bernxardsson, Benyamin Nyugren, Yesper Karlstryom, Yasin Ayyari, Aleksander Isak, Viktor Dyokeresh.

Eslatib o'tamiz, birinchi turda Niderlandiya Yaponiya bilan 2:2 hisobida durang o'ynagan bo'lsa, Shvetsiya Tunisni 5:1 hisobida mag'lub etgan edi.

Hozirda Shvetsiya terma jamoasi 3 ochko bilan "F" guruhida peshqadamlik qilmoqda. Niderlandiya hisobida esa 1 ochko mavjud.

Manba: Stadion.uz